“O‘zcharmsanoat” uyushmasining yillik yig‘ilishi

15.05.2023

“O‘zcharmsanoat” uyushmasining yillik yig‘ilishi

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi a’zolarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi faoliyatining 2022 yil yakunlari va 2023 yildagi vazifalar bo‘yicha 12 ta masala ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 26 fevraldagi PQ-143-son qarori ijrosini tashkil etish bo‘yicha Uyushmada quyidagi ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 fevraldagi PQ-143-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartishlar kiritildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 fevraldagi PQ–77-sonli qarori bilan soha korxonalariga berilgan bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati 2026 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

Har bir tuman kesimida aholi zich yashaydigan mahallalarda chorva mollarini so‘yish va teri xomashyosini yig‘ib olish bo‘yicha kichik mobil xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “manzilli loyihalar dasturi” ishlab chiqildi va amalga oshirish ishlari boshlandi.

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri “Orol bo‘yi” mahallasi tajribasi asosida kosibchilik rivojlangan kamida beshtadan mahallani tanlab olgan holda kosiblar faoliyatini kengaytirish bo‘yicha manzilli loyihalar dasturlari ishlab chiqildi va hozirda ular amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida terini qayta ishlashga ixtisoslashgan hamda tayyor charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil etilmoqda.

2022 yil davomida (25-27 may va 12-14 oktyabr)da “UzCharmExpo” Xalqaro charm, poyabzal va mo‘yna ko‘rgazma yarmarkasi Toshkent shahrida tashkil etildi. Shuningdek, joriy yilning 5-7 aprel kunlari «ShoesStar» (Rossiya) bilan birgalikda “UzCharmExpo-ShoesStar Eurasia 2023” Xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazildi.

Uyushmaga a’zo korxonalar tomonidan 2022 yil yakunlari bilan– 5 593,9 mlrd.co‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Jumladan, charm mahsulotlari 1 840,1 mln.kv.dm. (110,1 foiz), poyabzal mahsulotlari 128,5 mln.juft (111,3 foiz), charm-attorlik mahsulotlari 130,6 mlrd.so‘m (118,8 foiz)ni tashkil etdi. Davlat investitsiya dasturiga asosan 42 ta loyiha doirasida 198,3 mln.dollar investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi. Shundan, 71,3 mln.dollari (156,7 foiz) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.

2022 yil yakuniga ko‘ra soha bo‘yicha jami 296,6 mln.dollarlik 365 ta investitsiya loyihalari o‘zlashtirishga erishildi. Natijada 130 ta yangi korxonalar ishga tushirildi. Natijada 9 631 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi;

Ishga tushirilgan loyihalar hisobidan 800 ming bosh chorva mollarini so‘yish (zamonaviy kushxonalar), 740 mln.kv.dm tayyor charm mahsulotlari, 16,5 mln.juft turli poyabzallar va poyabzal tag qismlari, 9,2 mln.dona charm-attorlik mahsulotlari, 20 ming tonna jun mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar yaratildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 20 ta loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 454,7 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishildi.

450,0 mln.dollarlik mahsulotlar eksport qilinishiga erishildi. 2022 yilda sohaning eksport geografiyasiga Yaponiya, Fransiya, Germaniya, BAA, AQSH, Kanada va Kamerun kabi davlatlar qo‘shilgani holda soha mahsulotlai eksport qilinayotgan davlatlar soni 40 taga yetdi.

Umumiy yig‘ilishda Uyushmaning 2023 yildagi vazifalari belgilab olindi. Joriy yilda 6,5 trln so‘mlik sanoati mahsulotlari ishlab chiqariladi va o‘sish 116,0 foizga yetkaziladi. 182,0 mln dollarlik, shundan 48,0 mln dollarlik to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi va investitsiyalarni o‘zlashtirish prognozi 102,1 foizga bajarilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy qiymati 243,4 mln dollar bo‘lgan 175 ta loyihalar shundan 29 mln dollar bo‘lgan 6 tasi davlat investitsiya dasturiga asosan ishga tushiriladi va 8 550 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Natijada, 530 mln. kv.dm charm mahsulotlari, 6,8 mln. juft poyabzal mahsulotlari, 128 ming dona charm-attorlik buyumlari, 9 ming tonna poyabzal uchun yelim, 60 ming dona qorako‘l hamda1,3 ming tonna junni qayta ishlash bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar yaratiladi.

600 mln dollarlik eksport amalga oshirilib, o‘sish suratlari 130,4 foizga yetkaziladi. 510,1 trln so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqariladi va belgilangan reja 100 foizga bajarilib, o‘sish suratlari 112,2 foizga yetkaziladi.

Shuningdek, Umumiy yiilishda uyushmaga a’zo korxonalar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tez fursatja va ijobiy xal etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Shuningdek lyoihalarni o‘z vaqtida amalaga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalarida” yuyelgilangan manzilli tadbirlarni samarali bajarish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

 

Uzcharmsanoat