Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” MKM 2023 yil 5-7 oktyabr kunlari Markaziy Osiyoning charm-poyabzal va mo‘ynachilik sanoatidagi eng yirik anjumani “UzCharmExpo-ShoesStar-EurAsia-2023” 14-xalqaro ko‘rgazmasiga mezbonlik qildi.
Ko‘rgazma tashkil etilgan 1605 metr kv maydon 600 ta mahalliy korxonalar, 50 ta davlatning 200 ga yaqin kompaniya va brendlari, 3000 turdagi mahsulotlar naʼmunalari, mahalliy va xorijiy maʼruzachilarning 10 ga yaqin taqdimotlari, B2B va B2G muzokararalarini birlashtirdi. Uni 5 000 ga yaqin tashrif buyuruvchi bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldi.
Ko‘rgazmaning tantanali yopilish marosimida mahalliy va xorijiy kompaniyalar, yosh dizaynerlar, oliy taʼlim muassasalari turli naminatsiyalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Diplomlar Uyushmar rahbariyati tomonidan tantanali tarzda ishtirokchilarga taqdim etildi.
Kelgusi mavsum kuzgi ko`rgazmada sizlarni kutib qolamiz.
Uzcharmsanoat