“UZCHARMEXPO- SHOESSTAR EURASIA2023” 14-XАLQАRO KOʼRGАZMАSI

03.04.2023

“UZCHARMEXPO- SHOESSTAR EURASIA2023” 14-XАLQАRO KOʼRGАZMАSI

“UZCHARMEXPO- SHOESSTAR EURASIA2023” 14-XАLQАRO KOʼRGАZMАSI – BIZNESINGIZ RIVOJI YOʼLIDА Yevropa va Osiyo qitʼasidan tashrif buyurgan brendlarning charm, poyabzal, attorlik, moʼyna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlari namoyishiga mezbonlik qiluvchi “UzCharmExpo-ShoesStarEurAsia2023” 14-xalqaro koʼrgazmasi 2023 yil 5-7 aprel kunlarida Toshkent shahridagi “Oʼzekspomarkaz” MKMda boʼlib oʼtadi.
Navbatdagi 14-koʼrgazmada 600 dan ortiq mahalliy va 30 ga yaqin xorijiy kompaniyalar oʼz stendlari bilan ishtirok etadi. Bu yilgi koʼrgazmaga tashrif buyurish maqsadida 1500 ga yaqin mahalliy va xorijiy kompaniya vakillari roʼyhatdan oʼtgan.
Sizni “UzCharmExpo-ShoesStarEurAsia 2023” 14-xalqaro koʼrgazmasida kutib qolamiz!

Maʼlumot uchun:
📲+998 98 707 64 44
📲+998 71 207 95 55
📲+998 71 267 58 47                                           
 

Uzcharmsanoat