“Mex Oreteks” O‘zbekistondan jun va mo‘yna mahsulotlarini xarid qiladi

18.03.2023

“Mex Oreteks” O‘zbekistondan jun va mo‘yna mahsulotlarini xarid qiladi

“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Rossiyaning “Mex Oreteks” kompaniyasi bilan jun va mo‘yna sanoatida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda jundan tayyorlangan tayyor mahsulotlarni Rossiyaga eksport qilish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Rossiya kompaniyasiga mamlakatimizda jun va mo‘yna sohasining ishlab chiqarish salohiyati, xom ashyo bazasi, junni qayta ishlash korxonalari faoliyati to‘g‘risidada maʼlumot berildi. Shuningdek, uchrashuvda ishtirok etgan “Ulkan Laziz”, “Jizzax Jun”, “Ulug‘nor-Nur” MCHJlar tomonidan yarim va tayyor jun mahsulotlari naʼmunalari taqdim etildi.

Maʼlumot o‘rnida: Rossiyaning “Mex Oreteks” kompaniyasi 1991 yilda Orexov paxta zavodi negizida tashkil etilgan. Rossiyadagi eng yirik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri sanaladi. Bugungi kunda korxonada junni qayta ishlash natijasida sunʼiy mo‘yna, trikotaj matolar, ip-kalava ishlab chiqariladi. Shuningdek, matolarni bo‘yash xizmati mavjud. Korxonada xalqaro mo‘yna sanoatining so‘ngi tendensiyalari va talablari asosida tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Kompaniya vakillari mahalliy korxonalarimiz tomonidan taqdim etilgan naʼmunalarni taxlil qilib, ularning xaridi yuzasidan o‘z takliflarini ilgari surdi. Xususan, “Jizzax Jun” MSJ bilan oyiga 20 tonna jundan tayyorlangan tolani xarid qilish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Endilikda korxona o‘z mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkazib beradi. “Mex Oreteks mamlakatimizda junni qayta ishlab, qo‘shilgan qiymatli tayyor jun mahsulotlarni xarid qilishga qaratilgan

Rossiya kompaniyasi Jizzaxdagi junni qayta ishlash zavodidda bo‘lib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdeuk, hamkorlikning kelgusi istiqbollarini muhokama qilib oldi.

Muloqot so‘ngida hamxorlar uchun tashkil etilgan biznes-tur yakuni bilan korxonalarimiz bilan manfaatli kelishuvlarni imzolash rejalashtirilgan.

Uzcharmsanoat