Obod yurtning fayzi, tarovati oʼzgacha boʼladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada koʼrkam boʼlishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim oʼrin tutadi. Bugun butun mamlakatimiz boʼylab umumxalq xayriya hashari oʼtkazilmoqda.
Ushbu umumxalq xayriya hashari Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi Navroʼz umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik koʼrish va uyushqoqlik bilan oʼtkazish maqsadida 2023-yil 11-martdan 18-martga koʼchirilgan edi.
Shu munosabat bilan bugun “Oʼzcharmsanoat”uyushmasida ham xayriya hashari oʼzgacha ruhda va koʼtarinki kayfiyatda oʼtkazildi.
Hayriya hasharini oʼtkazishda uyushmada faoliyat koʼrsatuvchi rahbar va xodimlar faol ishtirok etdilar. Hashar davomida gul koʼchatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash va butash ishlari amalga oshirilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Atrof supurib-sidirildi, chang gʼuborlardan tozalandi yerlar chopildi.
Albatta, bu kabi xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yoʼlida birlashtirish barobarida, yoshlarimiz qalbida mehnatsevarlik tuygʼusini shakillantirishi bilan ahamiyatlidir
Zero, hashar – elga yarashar deb bejizga aytilmagan.
Uzcharmsanoat