“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hamda Koreya Respublikasining «Sang Won Hi Tech Co., LTD» (Zhang Jia Gang Line Machinary I & E Co.,LTD) kompaniyasi rahbari Kisung Lee va Keun Soo bilan uchsharuv boʻlib oʻtdi. Muloqotda Koreyalik investorning koʼzlangan asosiy maqsadi nafaqat ikki davlat oʼrtasida charm-poyabzal va moʼynachilik soxasida savdo-iqtisodiy munosabatlarning bugungi xolatini koʼrib chiqish, balki O‘zbekistonda granula bilan jun maxsulotalarini qo’shib sintetika tola ishlab chiqaradigan korxona tashkil etish . Yurtimizda jun maxsulotlari ko’p bo'lganligi uchun “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalar tomonidan junni qayta ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar hamkorligida sintetika tola ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishdan iboratligini ma’lum qilishdi.
Uchrashuv avvalida Uyushma rahbariyati xorijlik tadbirkorga mamlakatimizning charm-poyabzal va moʻynachilik sanoatiga oid qonunchilikdagi soʻngi oʻzgarishlar, investorlarga yaratilayotgan sharoitlar va berilayotgan imtiyozlar haqida maʼlumot taqdim etdi. Shu bilan birga rahbariyat tomonidan eksport koʼrsatkichlarini yanada oshirish va Koreyalik investorlarni mamlakatimizga faol jalb qilish masalalari ko’rib chiqildi. Rejalashtirilayotgan yangi loyiha boʻyicha takliflari atroflicha muhokama etildi.
Ushbu loyiha faoliyati asosan jun mahsulotlari bilan sintetikani aralashtirgan holdan undan sintetik tola ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan. Koreyalik investorlar o’zlarining ishlab chiqargan tolalaridan poyabzal, avtomobil o’rindiqlari ,sun’iy charm va mebel sanoatida ham keng foydalanib kelayotganini ta' kidlashdi.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi Koreya kompaniyasi tashabbusini har tomonlama qoʻllab-quvatladi. Yaqindan hamkorlik qilish boʻyicha amaliy va tashkiliy masalalarda yordam berishga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Uchrashuvda yangi qoʻshma korxonani barpo etish va foydalanishga topshirish boʻyicha tashkiliy masalalar atroflicha muhokama qilib olindi.
Uzcharmsanoat