Sirdaryo – Xitoy: Oʼzaro manfaatli hamkorlik yanada kengaymoqda

17.11.2023

Sirdaryo – Xitoy: Oʼzaro manfaatli hamkorlik yanada kengaymoqda

​irdaryoda Xitoy investorlari ishtirokida o`tkazilgan qator xalqaro biznes forumlar viloyatning investitsion salohiyatini yuksalishiga, shu bilan birga hududda xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar sonining ortishiga sabab boʼldi.

Viloyatga toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiya jalb qilish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida Sirdaryo viloyati hokimligi boshchiligidagi delegatsiya XXRning Tiandzin shahrida bo`lib turibdi. Delegatsiya tarkibida “O`zcharmsanoat” uyushmasi vakillari ham Xitoy kompaniyalari bilan manfaatli muloqot va muzokarlar o`tkazmoqda. 

Safarning ilk kunida Uyushma delegatlari Tiandzin ilm fan va texnologiyalar universiteti texnoparkida bo`lib, u yerda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Charmsanoat sohasida hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish borasida muloqotlar bo`lib o`tdi.

Shu yerning oʼzida xitoylik tadbirkorlar bilan qator samarali uchrashuvlar oʼtkazildi. "G2B" va "B2B" shaklida muzokaralar davomida tomonlar oʼzaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli loyihalari va dasturlarini tayyorlash masalalarini koʼrib chiqildi.

Bundan tashqari, ishbilarmonlar bilan Sirdaryo viloyatidagi erkin iqtisodiy, shuningdek, kichik va yoshlar sanoat zonalari boshqaruviga Xitoy tajribasini joriy etish, xorijiy kompaniyalarni jalb qilish uslublarini amalda qoʼllash borasida fikr almashildi.

 Safarning ikkinchi kunida Uyushma delegatlari mamlakatimizning Xitoy poytaxti Pekinda joylashgan elchixonasida Xitoyning yirik korxona raxbarlari va ishbilarmon doira vakillari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha uchrashuv o`tkazdi. Xitoy kompaniyalariga mamlakatimiz charm snaoati yutuqlari, davlat tomonidan berilgan imtiyoz va preferensiyalar to`g`risida taqdimot o`tkazildi. 

Shu yerning o`zida Xitoyning Yevropa va Osiyo mintaqalarida eksport va import masalalari bo`yicha mas'ul tashkiloti - INTERNATIONAL IMPORT AND EXPORT TRADING CO.LTD korxonasi vakillari bilan "B2B" uchrashuv bo'lib o'tdi.

Xitoy kompaniyasi mamlakatimizdagi charm sanoati soxasidagi teri xomashyosi va poyabzal ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikni kengaytirishga, mahsulotlar xaridlariga qiziqish bildirdi. Kompaniya vakillari kelgusida O'zbekistonga kelib, hamkorlikning yangi yo`nalishlarida ishlarni boshlashini ma`lum qildi. Uyushma delegatlarining Xitoy kompaniyalari bilan muzokarlari davom etmoqda.

Uzcharmsanoat