Ma`lumot o`rnida poyabzal ishlab chiqaruvchilar va sanoat uyushmasi (AYSAD) va Artkim yarmarkalar majumuasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro poyabzal sanoati yarmarkasi-AYSAF poyabzal tagligi tizimlari, charm, sun'iy charm, to'qimachilik, eva, metall va plastmassa aksessuarlari, kimyoviy moddalar, yopishtiruvchi moddalar, mashinalar, uskunalar va ishlab chiqarish texnologiyalari ehtiyojlarini qondirish uchun sanoat uchun ideal platformani taklif etdi u yana bir bor ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar o'rtasida muhim ko'prik sanaladi.
“O`zcharmsanoat” uyushmasi va korxonalarimiz vakillaridan iborat delegatsiya Turkiyaga tashrif jarayonida “TASEV” tashkiloti bilan uchrashuv o’tkazdi. Tashrif davomida u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, kelgusida hamkorlikda bir qator loyihalarni amalga oshirish bo’yicha muzokaralar o’tkazildi.
Ma’lumki “TASEV” Turkiya charmsanoati uchun malakali kadrlarni tayyorlash bilan shug’ullanadi. “O’zcharmsanoat” uyushmasi mamlakatimiz charm-poyabzal korxonlari uchun malakali texnolog, dizaynerlarni yetkazib berish maqsadida ushbu tashkilot bilan yaqin hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Qo’shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqqan xolda O’zbekistonlik mutaxasisslarni Turkiya charmsanoat standartlari asosida o’qitish, malakasini oshirish bo’yicha kelishuvlarga erishilgan.
Poyabzalchilar Kengashi rahbari va Turkiya poyabzal sanoati assotsiatsiyasi bilan ko'rgazma faoliyatida ikki tomonlama hamkorlik masalasi muhokama qilindi.
AYSAF ko’rgazmasi doirasida Uyushma delegatlari qator xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar o’takzadi. Xususan, Italiyaliyaning poyabzal qoplamalarini (kalodka) ishlab chiqaruvchi “Newlast” korxonasining vakili bilan uchrashuvda kelgusida mamlakatimiz charmsanoat korxonalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, investitsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha fikr almashildi.
Kompaniya vakillari yaqin kunlarda mamlakatimizga tashrif buyurib mahalliy korxonalar bilan hamkorlikni o’rnatish bo’yicha muzokaralar o’tkazishini ma’lum qildi. Shuningdek, Turkiya poyabzal sanoati assotsiatsiyasi“TASD” korxonasi bilan ham muzokaralar olib borildi. Muloqotda ko`rgazmalar faoliyatida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalasi muhokama etildi.
Korxonalarimiz ko’rgazma doirasida turli mahorat darslari, taqdimot va seminarlarda ishtirok etib kelgusi yilning so`ngi tendensiyalari bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, soha uchun asbob-uskuna ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar bilan ham uchrashib muzokaralar olib borilmoqda.
AYSAF ko'rgazmasi o'z ishini 18-noyabrgacha davom ettiradi.
Uzcharmsanoat