«Oʼzbekiston Respublikasi qishloq xoʼjaligi fidoyisi» koʼkrak nishoni topshirildi

13.12.2022

«Oʼzbekiston Respublikasi qishloq xoʼjaligi fidoyisi» koʼkrak nishoni topshirildi

11 dekabr — Qishloq xoʼjaligi xodimlari kuni bayrami yurtimiz boʼylab keng nishonlandi. Аyni sanada “Oʼzcharmsanoat” uyushmasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʼi Sattorov Ilxom Ortiqovich «Oʼzbekiston Respublikasi qishloq xoʼjaligi fidoyisi» koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi. 

Ilxom Ortiqovich, Davlatimiz rahbari boshchiligidagi insonparvar islohotlarni amalga oshirish jarayonida hamisha yuzingiz yorugʼ boʼlsin! Sizga mustahkam sogʼliq, oilaviy xotirjamlik, fidokorona va samarali mehnatingizda ulkan zafarlar tilaymiz! Koʼksingizni bezab turgan, eʼtirof ramzi boʼlmish esdalik nishoni sizni yanada katta-katta zafarlar sari ilhomlantirsin!

Uzcharmsanoat