CHARM-POYABZАL KORXONALARI KOOPERATSIYA ALOQALARINI RIVOJLANTIRMOQDA

14.11.2022

CHARM-POYABZАL KORXONALARI KOOPERATSIYA ALOQALARINI RIVOJLANTIRMOQDA

Poytaxtimizdagi “Oʼzekspomarkaz” milliy koʼrgazmalar markazida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʼz ishini boshladi. Mamlakatimiz sanoat tarmoqlaridagi salohiyatli korxonalar oʼz mahsulotlari bilan ushbu anjumanda faol ishtirok etmoqda. Toʼrt kun davomida boʼlib oʼtadigan tarmoqlararo sanoat yarmarkasi Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahri hokimligi va Raqamli transformatsiya markazi hamkorligida tashkil etildi.

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi va unga aʼzo 100 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari ham jamoaviy stend bilan sanoat yarmarkasida ishtirok etmoqda. Ekspozitsiyadan 500 turdagi charm, poyabzal, jun va moʼyna, mahalliylashtirilgan mahsulotlar naʼmunalari oʼrin olgan. Shuningdek, “Orient Technology”, “UzSHoes”, “Egida Simax” korxonalari yakka tartibdagi stend orqali manfaatli muloqotlarga kirishgan.

Koʼrgazmaning dastlabki kunida Uyushma tomonidan yaramarka ishtirokchilari uchun “Mamlakatimiz charmsanoatining istiqbollari” mavzuida taqdimot boʼlib oʼtdi. Unda bugungi kunda charm-poyabzal va moʼyna sanoatining ishlab chiqarish salohiyati, investitsiya siyosati, eksport koʼrsatkichlari, bojxona va soliq imtiyozlar toʼgʼrisida maʼlumot berildi. Shuningdek, hamkorlik qilish maqsadida boʼlgan ishlab chiqarish korxonalari uchun mahaliylashtirilgan mahsulotlar toʼgʼrisida axborot berildi.

Koʼrgazmaning dastlabki kunida Uyushmaga aʼzo korxonalar tarmoq korxonalari bilan manfaatli muzokaralarni amalga oshirdi.

Tarmoqlararo sanoat yarmarkasi 18 noyabrga qadar davom etadi.

Uzcharmsanoat