Moskva shaxridagi 85-chi xalqaro “MosShoes” charm-poyabzal, aksessuarlar va butlovchi materiallar koʻrgazmasi

30.08.2021

Moskva shaxridagi 85-chi xalqaro “MosShoes” charm-poyabzal, aksessuarlar va butlovchi materiallar koʻrgazmasi

Moskva shaxrida 85-chi xalqaro “MosShoes” charm-poyabzal, aksessuarlar va butlovchi materiallar koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining jamoaviy stendida uyushmaga aʼzo 20 dan ortiq korxonaning charm-poyabzal, charm-attorlik va moʻyna mahsulotlari oʻrin oldi.

Koʻrgazmaning dastlabki kunida soha korxonalari qator xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazdi. Rossiya, Turkiya, Xitoy kompaniyalari Oʻzbekiston charm-poyabzal mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha manfaatli takliflarni ilgari surishdi. Jumladan, Rossiyaning “Sadovod” savdo tarmogʻi “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” yorligʻi ostidagi charm-poyabzal, charm-attorlik buyumlarini oʻz savdo komplekslarida savdosini yoʻlga qoʻyishga qiziqish bildirdi. 

Fransiyaning “Mephisto” kompaniyasi esa autsorsing asosida Oʻzbekistonda Fransiya brendi ostida sport poyabzallarini ishlab chiqarishni maqsad qilmoqda. Koʻrgazma oʻz ishini davom ettirmoqda.

Uzcharmsanoat