Oʻzbekistonning geosiyosiy joylashuvi koʻplab xorijiy davlatlar bilan xususan, Yevropa va Osiyo mamlakatlari bilan foydali savdo aloqalarini yoʻlga qoʻyishda keng imkoniyatlarni ochadi. Poytaxtimizdagi toʻqimachilik texnoparkida Oʻzbekistonning xorijdagi elchilari ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuvda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati charm-poyabzal va moʻynachilik tarmogʻining bugungi xolati, yangi investitsion loyihalar va xalqaro hamkorlik boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.
35dan ortiq xorijiy davlatdan kelgan elchilarimizga charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish, hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib yangi quvvatlarni joylashtirish konsepsiyasi boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo 500 dan ortiq korxonalar tomonidan terini qayta ishlash, poyabzal va charm attorlik buyumlarini ishlab chiqarish, moʻyna mahsulotlari va xom ashyo bazasini yaratish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida atroflicha axborot berildi.
Mahalliy va xorijiy investorlar uchun davlat tomonidan berilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari boʻyicha qonuchilik bazasi tanishtirildi.
Taqdimotda shuningdek, hududlarda xom ashyoning xosil boʻlish koʻrsatkichlari va tarmoqning bugungi kundagi xolati taxlil etildi.
Tarmoqqa sarmoya kiritish maqsadida boʻlgan xorijiy investorlarga investitsion loyihalarni taqdim etish yuzasidan elchixonalar bilan muntazam aloqalarni oʻrnatish va hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish boʻyicha fikr almashildi.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati va xorijiy davlatlardagi elchilarimiz tomonidan tarmoqning eksport koʻrsatkichlarini yanada oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar taxlil qilindi.
Uzcharmsanoat