- O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq 2020 yil 1 iyuldan boshlab eksport qiluvchi korxonalar QQS (qo’shilgan qiymat solig’i) bo’yicha hosil bo’lgan ortiqcha summa, ya’ni “manfiy” qoldiq summasini to’liqligicha qaytarib olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
-Respublika hududlari va tarmoqlari eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo'yicha doimiy faoliyat yurituvchi Respublika Komissiyasining 2020 yil
30 iyundagi 3257-son “Mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil', havo va temir yo'l transportida tashish xarajatlarini O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq 68 turdagi eksport mahsulotlarini temir yo'l, avtomobil va havo transportida tashish xarajatlarini 50% gacha kompensatsiya qilish tartibi tasdiqlandi.
-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 oktabrda imzolangan “Eksport faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari tog’risida”gi PF-6091-sonli Farmoniga muvofiq eksport bilan bog'liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun 100 million AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy resurslardan past foizlarda foydalanish imkoniyati yaratildi.
Uzcharmsanoat