O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligini 34 yilligini nishonlash maqsadida joriy yilning 24-oktabr kuni “O‘zcharmsanoat” uyushmasida “O‘zbek tilining kelib chiqish tarixi, xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati, o‘zbek tilining go‘zalligi va sofligini saqlash to‘g‘risida”gi mavzuda “Davra suhbati” tashkil etildi.