MERCURY GROUP: “O'ZBEKISTON KATTA EKSPORT SALOHIYATIGA EGA”

27.07.2022

MERCURY GROUP: “O'ZBEKISTON KATTA EKSPORT SALOHIYATIGA EGA”

“O'zcharmsanoat” uyushmasida Birlashgan Arab Amirliklaridagi “THE MERCURY GROUP” kompaniyasi rahbari janob Muhammad Asif bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. O'zbekiston charm-poyabzal sanoati va ushbu xorijiy kompaniya o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish muzokaraning asosiy mavzusi bo'ldi. Muloqot “Made in Uzbekiston” brendi ostidagi mahsulotlarni BAA, Pokiston va Yevropaga eksport qilish istiqbollari hamda bu borada mazkur kompaniyanin imkoniyatlari ko'rib chiqildi. 


Ta'kidlash joizki, “THE MERCURY GROUP” 1963 yilda tashkil etilgan bo'lib, 10 ta davlatda faoliyatini olib boradi. O'z mijozlariga energetika, og'ir sanoat, xom ashyo, tayyor mahsulotlar, texnologiya va uskunalar yetkazib berish bilan shug'ullanadi. Kompaniya xalqaro miqyosda tobora rivojlanib, dunyo bozorlarida ko'plab mijozlarga egadir. Kompaniyaning AQSH, BAA, Buyuk Britaniya va Rossiyada o'z vakolatxonalari mavjud.

Uchrashuvda mehmonga bugun O'zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, respublikamizning sarmoyaviy va eksport salohiyati haqida batafsil ma'lumot berildi.


Uchrashuvda janob Muhammad Asif maxsus poyabzal ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi korxonalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish niyatida ekanligini ma'lum qildi. Xorijlik mehmonning so'zlariga ko'ra, u mahsulotlarni keyinchalik tashqi bozorlarga olib chiqish, xususan, Yevropa bozorlariga eksport qilish bo'yicha tashabbuslarini ma'lum qildi. “THE MERCURY GROUP” rahbari O'zbekistonda tayyorlangan mahsulotlar na'munalari bilan tanishish maqsadida “GO`ZAL BIZNES PLYUS” va “COMFORT LEATHER SHOES” MCHJlarda bo'lib ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Korxonalarning mahsulotlari mazkur xorijiy kompaniyaga ma'qul kelib, namunalar BAA va Buyuk Britaniyaga jo'natiladigan bo'ldi. 


Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar hamda o'zaro manfaatli aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
 

Узчармсаноат