OʻZBEKISTON-ROSSIYA CHARM-POYABZAL SANAOTI: SANOAT KOOPERATSIYASI VA KLASTER TASHABBUSLARI

03.03.2022

OʻZBEKISTON-ROSSIYA CHARM-POYABZAL SANAOTI: SANOAT KOOPERATSIYASI VA KLASTER TASHABBUSLARI

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida boʻlib oʻtayotgan “MOSSHOES-2022” 86-xalqaro koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Rossiya charm va poyabzal ishlab chiqaruvchilari kengashi, Moskva tadbirkorlar uyushmasi, Eksport-Import uyushmasi aʼzolari ishtirokida “Oʻzbekiston-Rossiya charm-poyabzal sanaoti: sanoat kooperatsiyasi va klaster tashabbuslari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida ikki davlat oʻrtasida klaster tashabbuslarini amalga oshirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish, bu yoʻnalishdagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va samarali mexanizmlarni shakllantirish boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi. Qayd etilganidek, bu yoʻnalishdagi sanoat integratsiyasini jaddalashtirishda har ikki mamlakatning salohiyati yuqoridir.

Tadbir ishtirokchilari charm-poyabzal tarmogʻidagi biznesni raqamlashtirish borasida ham fikr almashishdi. Korxonlarni qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish boʻyicha tashabuslar ilgari surildi. Shuningdek, Oʻzbekistonda tayyorlangan mahsulotlarni nazorat qilish va markirovkalashda Rossiya tajribasini amaliyotga joriy qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.

Davra suhbatida ikki davlat charm-poyabzal sanoatining investitsion salohiyatini yanada rivojlantirish hamda xalqaro aloqalarni mustaxkamlash uchun maxsus sanoat zonalari va invest fondlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Uzcharmsanoat