“O‘zcharmsanoat” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda – “Uyushma”) faoliyatida ijro nazorati hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash jarayonlari normativ-huquqiy va o‘zga turdagi hujjatlarga, shu jumladan: O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli Qonuni bilan yangi tahriri tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjat – O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining: “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli farmoni; ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarori, “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli farmoni; Vazirlar Mahkamasining bir qator tegishli qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi darajasida, xususan, Bosh vazir maslahatchisi tomonidan belgilangan topshiriq-xatlarga asoslangan holda amalga oshirib kelinmoqda.
Uyushmada ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati xususida Uyushmaning tegishli bo‘g‘inlari, jumladan, boshqarmalari va bo‘limlarida ishlayotgan rahbar xodimlar, zarur o‘rinlarda boshqa barcha mas’ul xodimlari ishtirokida tanqidiy ruhdagi muhokamalar o‘tkazib kelinayapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori va Vazirlar Mahkamasining qarori shaklidagi normativ-huquqiy hujjat Uyushmaga kelib tushgan barcha hollarda, bunday hujjatning mazmunidan hamda shu hujjatda Uyushmaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va (yoki) umumiy tarzda aloqadorlik bilan topshiriq yuklanganligi yoki yuklanmaganligidan qat’iy nazar, mazkur hujjatlar Uyushma raisining buyrug‘i bilan ma’lumot, qo‘llanma, ijro uchun qabul qilinishi amaliyoti to‘liq va muntazam yo‘lga qo‘yib kelinmoqda.
Ma’lumot uchun: ijro intizomi va nazorati yo‘nalishidagi islohot xususida keyingi vaqtlardagi muhim voqelik – PF-117-sonli farmon e’lon qilinganidan keyin umuman Uyushmada mazkur yo‘nalishdagi jarayonlar sifatini yanada yaxshilash, ushbu farmondan kelib chiqadigan, Uyushma jamoasi oldida turgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun xodimlarni tayyorgarligini ta’minlash va chora-tadbirlarni belgilab olish maqsadida:
• Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-iyuldagi 07-15-18-sonli topshirig‘i va 2025-yil 2-sentabrdagi 07-15-18-sonli topshirig‘i asosida, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tomonidan 2025-yil yanvar-sentabr oylaridan iborat davr (9 oylik) va 2025-yil uchun tegishli maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erilishilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi mavzusida iqtisodiy o‘qish 2025-yil 11-sentabrda, ZOOM (VKA) orqali, Uyushma xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi mas’ul xodimi M.Berdiev, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi A.Jo‘raev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul xodimi (asosiy ma’ruzachi) S.Saidxonov, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mas’ul xodimi M.Salmetova, boshqa ayrim idora va tashkilotlarning vakillari ham ishtirok etan holda, bir paytning o‘zida seminar (iqtisodiy o‘qish) va Uyushma Boshqaruvining kengaytirilgan tahliliy yig‘ilishi tarzida o‘tkazildi, bunda yig‘ilishda yuqoridagi mavzuda o‘z aksini topgan ustuvor vazifalar va Uyushmaning barcha mas’ul xodimlarining bu boradagi shaxsiy mas’uliyati to‘g‘risidagi masala ham kun tartibida bo‘ldi, ya’ni bunda PF-117-sonli farmon mazmunidagi asosiy ustuvorlik – ijro intizomi masalasi ham muhokama markazida bo‘ldi (yig‘ilish bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan);
• PF-117-sonli farmon hamda hamda uning bajarilishini tashkil etish xususida Vazirlar Mahkamasining: 2025-yil 29-iyuldagi 13/1-2575-sonli topshirig‘i va 2025-yil 2-avgustdagi 13/1-2575-sonli topshirig‘i bilan belgilab berilgan vazifalarning Uyushma faoliyatiga tegishli muayyan qismlari amalga oshirilishi yuzasidan Uyushma raisining alohida buyrug‘i bilan tasdiqlangan reja-grafik (“nazorat rejasi”) bajarilishining borishi har haftaning juma kunida raisning birinchi o‘rinbosari huzurida, har haftaning dushanba kunida rais huzurida, har oy yakuni bo‘yicha Uyushma Boshqaruvi yig‘ilishida muhokama qilib kelinmoqda.
Mavjud ko‘pgina topshiriqlar bajarilishi jarayonlari to‘g‘risida so‘z borar ekan, ular tarkibidagi alohida nazorat ostiga olingan topshiriqlar ijrosi misolida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.
Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi – “ijro.gov.uz”da 2025-yil avgust oyi bo‘yicha Uyushma kesimida qayd etilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi va boshqa topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa topshiriqlari turkumiga kiruvchi, alohida nazoratga olingan topshiriqlar jami soni 8 ta miqdorni tashkil qilgan (shundan: 5 tasi Prezident qarorlarida, 2 tasi Prezident yig‘ilishi bayonlarida, 1 tasi Vazirlar Mahkamasi topshirig‘ida belgilangan) bo‘lib, ular barvaqt – 24-avgustgacha to‘liq bajarib bo‘lingan.
“ijro.gov.uz”da 2025-yil sentabr oyi bo‘yicha Uyushma kesimida qayd etilgan, yuqorida ta’kidlangan turkumga kiruvchi, alohida nazoratga olingan topshiriqlar jami soni 18 ta miqdorni tashkil qilgan (shundan: 9 tasi Prezident qarorlarida, 1 tasi Prezident farmonida, 6 tasi Vazirlar Mahkamasi qarorida, 2 tasi Vazirlar Mahkamasining (Prezident qarori ijrosini tashkil qilish yuzasidan) qarorida,belgilangan; ular tarkibidan ijrosi uchun bevosita nazorat: 5 tasi bo‘yicha ham raisning birinchi o‘rinbosarining, 13 tasi bo‘yicha raisning investitsiyalar va eksport bo‘yicha o‘rinbosarining zimmasiga yuklangan) bo‘lib, ular ijrosini imkon boricha barvaqt ta’minlash uchun harakatlar yo‘lga qo‘yilgan.
Tegishli barcha topshiriqlar, shu jumladan, yuqorida ta’kidlangan turkumga kiruvchi, alohida nazoratga olingan topshiriqlarning muayyan (ijrosiga Uyushma u yoki bu tarzda mas’ul etib belgilab berilgan) qismining avgust oyda ijro etilishi holati va ijro muddati shu oydan sentabr oyida keladigan bunday topshiriqlar bajarilishini yo‘lga qo‘yish jarayoni muhokamasi xususida Uyushma Boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishi joriy oyda ham o‘tkazildi (bu yig‘ilishlar bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan).
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari bilan belgilangan tegishli topshiriqlar ijrosi holati to‘g‘risida Uyushma rahbariyati keng jamoatchilikka davriy ravishda hisobot berishi borasida tadbirlar ham Uyushmada shaklllangan tajribaga, o‘rnatilgan tartibga muvofiq, shu jumladan, PF-117-sonli farmon 7-bandida belgilanganiga binoan 2025-yil 1-oktabrdan boshlab har chorakda yo‘lga qo‘yib borilishi ta’kidlanadi.
Узчармсаноат