“O‘zcharmsanoat” uyushmasida navbatdagi iqtisodiy o‘qish tadbiri va va Uyushma Boshqaruvining kengaytirilgan tahliliy yig‘ilishi o‘tkazildi

12.09.2025

“O‘zcharmsanoat” uyushmasida navbatdagi iqtisodiy o‘qish tadbiri va va Uyushma Boshqaruvining kengaytirilgan tahliliy yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-iyuldagi 07-15-18-sonli topshirig‘i va 2025-yil 2-sentabrdagi 07-15-18-sonli topshirig‘i asosida, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tomonidan 2025-yil yanvar-sentabr oylaridan iborat davr (9 oylik) va 2025-yil uchun tegishli maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erilishilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi mavzusida iqtisodiy o‘qish 2025-yil 11-sentabrda, ZOOM (VKA) orqali, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi mas’ul xodimi M.Berdiev, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi A.Jo‘raev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul xodimi (asosiy ma’ruzachi) S.Saidxonov, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mas’ul xodimi M.Salmetova, boshqa ayrim idora va tashkilotlarning vakillari ham ishtirok etan holda, bir paytning o‘zida seminar (iqtisodiy o‘qish) va Uyushma Boshqaruvining kengaytirilgan tahliliy yig‘ilishi tarzida o‘tkazildi. 

Uyushma faoliyatiga baholashning asosiy umumiy mezonlari – eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari(KRI)ga bog‘langan holda tashkil etilgan, bir paytning o‘zida seminar va tahliliy yig‘ilish tarzida o‘tkazilayotgan ushbu iqtisodiy o‘qishda yuqorida ta’kidlangan mavzuda o‘z aksini topgan ustuvor vazifalar va Uyushmaning barcha mas’ul xodimlarining bu boradagi shaxsiy mas’uliyati to‘g‘risidagi masala, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli farmoni mazmunidagi asosiy ustuvorlik – ijro intizomi masalasi ham muhokama markazida bo‘ldi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Uyushma raisi (Uyushma Boshqaruvi raisi), ushbu yig‘ilish hamraisi A.Sultanov yig‘ilishni boshlab, bir qator ma’lumotlarni bayon etdi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi PF-49-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 463-sonli qarori va 2025-yil 7-maydagi 299-sonli qarori bilan belgilab berilgan talab va vazifalar hamda yangi topshiriq va mezonlar sharoitida ularni amalga oshirishning o‘ziga xos jihatlari xususida ma’ruza qildi.

Yig‘ilishda Uyushma tomonidan 2025-yil yanvar-sentabr oylaridan iborat davr (9 oylik) va 2025-yil uchun tegishli maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy, xususan, ishlab chiqarish, investitsiyalar, eksport hajmiga oid ko‘rsatkichlarga erilishilishini ta’minlash, Uyushma faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari (KRI) bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan u yoki bu darajada Uyushmada mas’ul etib belgilangan bo‘linmalarning va alohida rahbar shaxslarning masalaga doir axborotlari tinglandi va muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi mas’ul xodimi, ushbu instansiya tarkibidan Uyushma faoliyati tahlili borasida muvofiqlashtirish bo‘yicha biriktirilgan M.Berdiev nutq so‘zlab, Uyushma faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari (KRI) bilan bog‘liq ma’lumotlar maxsus dastur – “samaradorlik.uz”da belgilangan tartibda, sifatli ravishda, o‘z vaqtida, to‘g‘ri, o‘zaro muvofiq joylashtirib borilishi barqarorligini kelgusida ham saqlash  zarurligini ta’kidladi.

O‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi, ushbu instansiya tarkibidan Uyushma faoliyati tahlili borasida muvofiqlashtirish bo‘yicha biriktirilgan A.Jo‘raev so‘z olib, tegishlicha yo‘l-yo‘riq va eslatmalarni bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul xodimi S.Saidxonov keng qamrovli, taqdimot materiallari bilan birga ma’ruza qildi, bunda 2025-yil 1-yarim yilligi yakunlari bo‘yicha makroiqtisodiy holat yuzasidan tahliliy materiallar, xususan, joriy makroiqtisodiy holat (makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tendensiyasi), iqtisodiy o‘sishning talab omillari (pul-kredit sektori, tashqi sektor, investitsiyalar), iqtisodiy o‘sishning taklif omillari (bozor xizmatlari sohasi) to‘g‘risida ham batafsil taqdimot ma’lumotlari tushuntirib berildi.

O‘z o‘rnida tadbir, xususan, mazkur taqdimotli ma’ruza qizg‘in savol-javoblar va qiziqarli ma’lumot almashuvlari tarzida olib borilganligi bois e’tiborga molik bo‘lganligi tadbir qatnashchilari tomonidan e’tirof etildi.

Узчармсаноат