“O’zcharmsanoat”uyushmasi raisi o’rinbosari lavozimida faoliyat ko’rsatib kelgan Adhamjon No’monjonovichni boshqa ishga o’tganligi munosabati bilan Uyushma markaziy apparatida kuzatuv marosimi bo’lib o’tdi.

27.05.2023

“O’zcharmsanoat”uyushmasi raisi o’rinbosari lavozimida faoliyat ko’rsatib kelgan Adhamjon No’monjonovichni boshqa ishga o’tganligi munosabati bilan Uyushma markaziy apparatida kuzatuv marosimi bo’lib o’tdi.

🔹O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan Adhamjon No’monjonovich Mo’ydinov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti iqtisodiy rivojlanish sohasida tizimli va yangi tashabbuslarni ishlab chiqish sho’basi bosh inspektori lavozimiga tayinlandi. 
 Shu munosabat bilan shu kunga qadar “O’zcharmsanoat”uyushmasi raisi o’rinbosari lavozimida faoliyat ko’rsatib kelgan Adhamjon No’monjonovichni boshqa ishga o’tganligi munosabati bilan Uyushma markaziy apparatida kuzatuv marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbirda “O’zcharmsanoat”uyushmasi raisi va uyushma xodimlari ishtirok etdi.
Adhamjon No’monjonovich Uyushmadagi ish faoliyatida soha rivoji uchun yangi g’oya va tashabbuslarga mas’uliyat bilan yondoshib, tarmoqning bugungi yutuqlariga o’z hissasini qo’shdi. Adhamjon No’monjonovichga “O’zcharmsanoat”uyushmasida samarali ish faoliyati davomida otrtirgan obro’-e’tibori, uyushma rivojiga qo’shgan hissasi uchun samimiy minnatdirchilik bildiramiz. Kelgusi ish faoliyatida yangidan-yangi zafarlar, O’zbekistonni yanada rivojlantirish yo’lida kuch-g’ayrat va shijoat tilaymiz! 
 

Узчармсаноат