Bugun #MadeInUzbekistan rukni orqali sizga Samarqand viloyatida joylashgan "AMIR UL BAXR VMG" MCHJ mahsulotlari haqida ma`lumot beramiz.

13.11.2023

Bugun #MadeInUzbekistan rukni orqali sizga Samarqand viloyatida joylashgan "AMIR UL BAXR VMG" MCHJ mahsulotlari haqida ma`lumot beramiz.

Bugun #MadeInUzbekistan rukni orqali sizga Samarqand viloyatida joylashgan "AMIR UL BAXR VMG" MCHJ mahsulotlari haqida ma`lumot beramiz. Korxona 2004 yilda tashkil etilgan. Asosiy ish faoliyati tabiiy charmdan maxsus ishchi oyoq kiyim mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda korxonada 115 nafardan ortiq ishchi mehnat qiladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati oyiga 20,000 juftni tashkil etadi.

"AMIR UL BAXR VMG" MCHJ da ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar modellarining turi 25-30 hil dan oshiqdir. Maxsulot o’rtacha narxi 150 000 so’m ni tashkil etadi. Korxona nafaqat mahalliy bozorda balki xorijda ham o`z xaridorlariga egadir. Korxona mahsulotlari Rossiya, Qozog`iston,Singapurga eksport qilinadi. Mahsulotlarni sotib olishingiz uchun kompaniyaning o’ziga to’g’ridan to’gri murojaat qilasiz.

Узчармсаноат